“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi








Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Dang‘ara tumani prokuraturasi tashabbusi bilan Tangriqul MFYda yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini ta’minlash maqsadida tuman hokimi, tuman prokurori hamda davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda tuman xokimi so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar, ularning sog‘lom va barkamol shaxs bo‘lib topishlari uchun amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuv yoshlar va rahbarlar orasida savol-javob, taklif va muzokaralarga boy bo‘ldi. Yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga atroflicha javob va tavsiyalar oldilar. Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar sport o‘yinlaridan stol tennisi, shaxmat va shashka, bilimdon yoshlar "Zakovat" intellektual o‘yinlari hamda harbiylikka ishtiyoqi baland yoshlar qurol-yarog‘larni yig‘ib-sochish kabi musobaqalarda faol ishtirok etishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Azimobod mahallasidan yana bir tashabbus: 360 o‘rinli maktab binosi qurildi

Prezident e‘tirof etgan Madaniyat markazi zamonaviy qiyofada


Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun So‘x tumanida

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan investorlarni qabul qildi

Farg‘ona viloyatida g‘alla o‘rimi mavsumi boshlandi.