Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3972025-06-05 16:41

Prezident e‘tirof etgan Madaniyat markazi zamonaviy qiyofada

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749123502206.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749123507278.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749123510599.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749123514473.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749123519566.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749123523570.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749123529401.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749123533317.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749123538671.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1749123543805.jpg

Farg‘ona shahridagi Innovasion madaniyat markazi qayta ta‘mirlanib, zamonaviy va ko‘rkam qiyofa kasb etdi. Markazning tantanali foydalanishga topshirilishi marosimida madaniyat xodimlari, shahar ahli, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, barchani Qurbon hayiti bilan muborakbod etdi hamda ushbu markazning qayta ta‘mirlanishi bayramga munosib tuhfa bo‘lganini ta‘kidladi. Bugungi kunda mamlakatimizda madaniyat va san‘at sohasiga katta e‘tibor qaratilayotganini, hududlarda salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligini ta‘kidlab, bunda mazkur markazda mehnat qilayotgan fidoyi ustozlarning ham munosib o‘rni borligi aytib o‘tildi. Prezidentimiz raisligida 2023 yil 22 dekabrь kuni bo‘lib o‘tgan Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Farg‘onadagi bu madaniyat markazining ibratli ishlari e‘tirof etilganligi tilga olindi. Madaniyat markazi binosi 1910 yilda barpo etilgan bo‘lib, u madaniy meros ob‘ekti sifatida ro‘yxatga olingan. Davlatimiz rahbarining topshirig‘i asosida markazda 6,5 milliard so‘mlik ta‘mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda madaniyat markazida 83 ta to‘garak, 21 ta xalq havaskorlik jamoasi va bolalar badiiy jamoalari faoliyat olib bormoqda. Ularda 1 000 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar qamrab olingan. Bu yoshlar o‘z iste‘dodlarini rivojlantirib, respublika va xalqaro miqyosdagi madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Markaz har yili respublika miqyosida o‘tkaziladigan “Eng namunali madaniyat markazi” ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblar safida bo‘lyapti. Zamonaviy qiyofaga kirgan markazda san‘atga ishtiyoqmand yoshlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. 240 o‘rinli konsert zali, san‘at, hunarmandchilik to‘garaklari, sport xonasi ular ixtiyorida. E‘tiborli jihati, Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan yozgi ta‘tilda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha “Dolzarb 90 kunlik”da shahar yoshlari markazda turli to‘garaklar bilan mashg‘ul bo‘ladi. Tantanali marosimda ramziy lenta kesilib, ishtirokchilar markazda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 07.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft