Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1792025-07-02 15:58

Farg‘onalik yoshlar kasbga o‘qitilib, Germaniyada ishlashi mumkin

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751453767602.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751453771283.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751453775399.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751453778567.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751453781623.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751453785877.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751453789285.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751453792051.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751453795704.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751453798404.jpg

Farg‘onalik yoshlar kasbga o‘qitilib, Germaniyada ishlashi mumkin Germaniyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegasiya Erfurt shahrida joylashgan “Erfurt Bildungszentrum” (EBZ) kasbiy ta‘lim va qayta tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi. EBZ — Tyuringiyadagi eng nufuzli ta‘lim markazlaridan biri bo‘lib, u 60 dan ortiq texnik, sanoat, axborot texnologiyalari va savdo yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Markaz 750 dan ortiq kompaniya, kichik va o‘rta biznes sub‘ektlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi va ularga malakali mutaxassislar tayyorlab beradi. Shuningdek, bir kunda 500-1000 nafar yoshlarni qamrab oladi. EBZ dual ta‘lim sohasida katta tajribaga ega bo‘lib, yoshlar 3 yildan 5 yilgacha o‘qib, markaz diplomi bilan Evropa mamlakatlarida ishlash imkoniga ega bo‘ladilar. Markaz xalqaro hamkorlik doirasida bir qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Viloyat delegasiyasi dastlab markaz sharoitlarini ko‘zdan kechirdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov EBZ mas‘ullari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Farg‘onadagi KOIKA kasb-hunarga o‘qitish markazida yoshlarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yish hamda mutaxassislarni Germaniya mehnat bozoriga tayyorlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflar asosida hamkorlikda ishlarni boshlashga kelishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 03.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft