Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezidentimiz tabrigi, pul mukofoti va sovg‘alari topshirildi








Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezidentimiz tabrigi, pul mukofoti va sovg‘alari topshirildi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Farg‘ona tumani Sanoat MFYda yashovchi Orifjon ota Mo‘minov xonadonida bo‘lib, otaxonga davlatimiz rahbarining tabrigi, pul mukofoti va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Tadbirda Sharqiy harbiy okrug hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari rahbarlari, nuroniylar ishtirok etdi. 17 yoshida urushga otlangan o‘g‘lon jangohlarda aslo engilmadi, ko‘rsatgan jasorati uchun bir necha orden va medallar bilan taqdirlandi. Urushdan keyin esa uzoq yillar qishloq xo‘jaligida ishladi. Bugun esa farzandlari, xalqimiz ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda. Viloyat rahbari Orifjon otaga Prezidentimiz tabrigini o‘qib eshittirib, 10 ming dollar pul mukofoti hamda “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medalini topshirdi. Dasturxon atrofida, bir piyola choy ustida kechgan suhbat davomida Orifjon ota Mo‘minov singari vatandoshlarimizning Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati e‘tirof etildi, qonli janglarda vafot etganlar yodga olindi. Toshloq tumani “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida umrguzaronlik qilayotgan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi, 102 yoshli Odiljon ota Zokirov xonadoni bugun yanada gavjum bo‘ldi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur xonadonda bo‘lib, otaxonga Prezidentimizning tabrigini etkazib, pul mukofoti hamda sovg‘alarini tantanali topshirdi. Urushda qahramonlik ko‘rsatib, bir umr halol mehnat qilgan otaxon tetik va bardam. O‘n nafar farzandni tarbiyalab, kamolga etkazdi. 44 nafar nevara, 140 nafar chevara hamda 40 nafar evarasi ardog‘ida shukronalik bilan umr kechirmoqda. Bir piyola choy atrofida tinchlik-osoyishtalik qadri, mamlakatdagi islohotlar, yoshlar tarbiyasi haqida so‘z yuritildi. Tirik tarix vakili Odiljon ota Zokirov yurtga, elga omonlik tilab davlat rahbariga minnatdorchilik bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi


